Yig‘iladigan va ajratiladigan polkali stelajlar mahsulotlar va hujjatlarni saqlash uchun juda qulay. Ular yengil, oson yig‘iladi va uzoq muddat xizmat qiladi. Biz turli yuklama va xonalar o‘lchamiga mos konstruksiyalarni ishlab chiqqanmiz.
Qo‘llanilish sohasi: uy, ofis, ombor, do‘kon va ishlab chiqarish korxonalari.
Mahsulot tavsifi
Keling, birgalikda ishlaymiz
Iltimos, biz bilan bog‘laning. Biz siz bilan 1–2 ish kuni ichida aloqaga chiqamiz. Yoki hoziroq bizga qo‘ng‘iroq qiling.
Mahsulot haqida
- Oson o‘rnatish va demontaj qilish
- Alohida joylashtirilgan barcha yuklarga erkin kirish imkoniyati
- Polkalar orasidagi masofani o‘zgartirish imkoniyati
- Mahsulotlarga qulay kirish
- Konstruktsiyani boshqa joyga ko‘chirish va qayta o‘rnatish imkoniyati
- Pol qoplamasini himoya qilish uchun maxsus oyoq tagliklarining mavjudligi
Mijozlarimiz duch keladigan muammolar
- Mahsulotlarni nostandart joylashtirish
- Ombordagi mahsulot qoldiqlarini hisoblashdagi qiyinchiliklar
- Omborlarda saqlash joyining yetishmasligi
- Ombordagi tartibsizlik sabab ishchi kuchining ortiqcha bandligi
Bizning yondashuv va yechimimiz
Stelajlarda har bir mahsulot o‘z joyiga joylashtiriladi. Ombor maydoni 3–4 barobargacha kengayadi. Ombor stelajlari yordamida mahsulot qoldiqlarini hisoblash osonlashadi, mehnat unumdorligi oshadi va ish xarajatlari kamayadi.
Shuningdek:
O‘rnatish uchun qulay, iqtisodiy va universal sozlanadigan balkali stelajlar palletlarni saqlash uchun eng keng tarqalgan tizimlardan biridir hamda har bir palletga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini beradi. Sozlanadigan balkalar tufayli stelajlar saqlanayotgan mahsulot turiga mos ravishda qayta konfiguratsiya qilinishi mumkin, keng yo‘laklar esa barcha turdagi yuk mashinalari uchun erkin harakatlanishni ta’minlaydi. Bu esa maxsus yuklash va tushirish uskunalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.















